Turizm tashkilotlarida xorijiy investitsiyalar miqdorini oshirish usullari va yo’llari

Автор работы: Пользователь скрыл имя, 13 Марта 2016 в 11:40, курсовая работа

Описание работы

Prezidentimiz O‘zbekistonda “Yangi, istiqbolli yo‘nalishlar misol uchun, turizm, mehmonxona xo‘jaligi, restoran biznesi, uy-joy qurish hamda ta’mirlash va boshqa sohalarni rivojlantirish uchun beqiyos imkoniyatlar bor” deb ta’kidlab o‘tganlar. Darhaqiqat, ushbu imkoniyatlardan samarali foydalanish mustaqil mamlakatimizning iqtisodiyotini mustahkamlash bilan bir qatorda uning jahon hamjamiyatidagi o‘rnini oshiradi. G‘arb davlatlarida restoranlar xo‘jaliklarini boshqarish bo‘yicha ko‘p yillik tajriba yig‘ilgan. Restoran sanoati korxonalari faoliyatida xorij tajribasini o‘rganish, shubhasiz, mehmonlarga xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilashda katta rol o‘ynaydi. Ammo O‘zbekistondagi turizm sohasining o‘ziga xos sharoitlarda faoliyat ko‘rsatayotganligini e’tiborga olish lozim.

Содержание работы

Kirish.............................................................................................................
2
I BOB
Turizm industriyasida xorijiy investitsiyalar hajmini ko‘paytirishning nazariy asoslari…………………………….…
5
1.1
Turizm industriyasi tushunchasi.....................................................
5
1.2
Turizm sohasida xorijiy investitsiyalar tushunchasi....................
14
1.3
Turizm industriyasida xorijiy investitsion jarayonlarni rivojlantirish va samaradorligini oshirishning iqtisodiy ahamiyati..........................................................................................
20
II BOB
Samarqand shahri turizm industriyasida xorijiy investitsiyalarni jalb qilish holati va amalga oshirish mexanizmlari..................................................................................
28
2.1
Turizm industriyasida xorijiy investitsiya siyosatning shakllanish hususiyatlari va vazifalari……..………………………................
28
2.2
Samarqand shahridagi turistik tashkilotlarda investitsion jarayonlarning rivojlanish holati ……………………………….
35
2.3
Turoperatorlik firmalarida investitsion siyosat samaradorligini oshirish vositalari, usullari va shakllari tahlili………………...….
39
III BOB
Turizm tashkilotlarida xorijiy investitsiyalar miqdorini oshirish usullari va yo’llari…………………………………....
46
3.1
Turistik operatorlik faoliyatida investitsion faollikni oshirishning xorijiy tajribasi..…….....……………………………………....…
46
3.2
Turistik tashkilotlarda investitsion faollikni oshirish yo’llari.....
55
3.3
Turizmda xorijiy turistlarning hayoti havfsizligini ta’minlashning o‘ziga xos hususiyatlari…………..................................................
66
Xulosa............................................................................................................
71
Tavsiyalar.......................................................................................................
73
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati…….....................................................
74
Ilovalar...........................................................................................................

Файлы: 1 файл

diplom-lovely.docx

— 794.74 Кб (Скачать файл)

MUNDARIJA

Kirish.............................................................................................................

2

I BOB

Turizm industriyasida xorijiy investitsiyalar hajmini ko‘paytirishning nazariy asoslari…………………………….…

5

1.1

Turizm industriyasi tushunchasi.....................................................

5

1.2

Turizm sohasida xorijiy investitsiyalar tushunchasi....................

14

1.3

Turizm industriyasida xorijiy investitsion jarayonlarni rivojlantirish va samaradorligini oshirishning iqtisodiy ahamiyati..........................................................................................

20

II BOB

Samarqand shahri turizm industriyasida xorijiy investitsiyalarni jalb qilish holati va amalga oshirish mexanizmlari..................................................................................

28

2.1

Turizm industriyasida xorijiy investitsiya siyosatning shakllanish hususiyatlari va vazifalari……..………………………................

28

2.2

Samarqand shahridagi turistik tashkilotlarda investitsion jarayonlarning rivojlanish holati ……………………………….

35

2.3

Turoperatorlik firmalarida investitsion siyosat samaradorligini oshirish vositalari, usullari va shakllari tahlili………………...….

39

III BOB

Turizm tashkilotlarida xorijiy investitsiyalar miqdorini oshirish usullari va yo’llari…………………………………....

46

3.1

Turistik operatorlik faoliyatida investitsion faollikni oshirishning xorijiy tajribasi..…….....……………………………………....…

46

3.2

Turistik tashkilotlarda investitsion faollikni oshirish yo’llari.....

55

3.3

Turizmda xorijiy turistlarning hayoti havfsizligini ta’minlashning o‘ziga xos hususiyatlari…………..................................................

66

Xulosa............................................................................................................

71

Tavsiyalar.......................................................................................................

73

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati…….....................................................

74

Ilovalar...........................................................................................................

75


 

KIRISH

 

Hozirgi kunda turizmning jahon xo‘jaligidagi hissasi yil sayin oshib, u muhim makroiqtisodiy tarmoqlar qatorida rivojlanmoqda. Mazkur soha dunyodagi ko‘pgina davlatlarning daromad manbai sifatida ularning milliy iqtisodiyotida asosiy o‘rin tutmoqda. Shu jihatdan O‘zbekistonda mazkur tarmoqqa e’tiborni kuchaytirish muhim masalalardan biridir.

O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so‘ng xo‘jalikning barcha tarmoqlarida tub islohotlar olib bormoqda. Jumladan, turizmni rivojlanishiga ham davlat tomonidan katta ahamiyat berilmoqda.

Mamlakatimizda turizmni rivojlantirishga bo’lgan kata e’tibor natijasi o’laroq 2014 yilning 4-6 iyun kunlari Ispaniyadagi Santyago-de-Kompostela shahrida o‘tkazilgan Jahon sayyohlik tashkiloti – UNWTOning 98-sessiyasida Jahon sayyohlik tashkiloti (UNWTO)ning Ijroiya kengashi o‘zining 99-majlisini Samarqand shahrida o‘tkazish uchun ovoz berdi.

Avvalroq, UNWTO ijrochi direktori Zoltan Shomogi Berlindagi ITB—2014 Xalqaro sayyohlik yarmarkasida 99-sessiyani Samarqandda o‘tkazish bo‘yicha qaror haqida ma’lum qilgan edi.

20 yil avval Buyuk Ipak yo‘li bo‘ylab sayyohlikni rivojlantirish xalqaro loyihasiga a’zo mamlakatlarning Samarqand deklaratsiyasi qabul qilingan edi. 2004-yildan boshlab esa Samarqandda UNWTO qo‘llab-quvvatlash ofisi faoliyat yuritib kelmoqda.

Prezidentimiz O‘zbekistonda “Yangi, istiqbolli yo‘nalishlar misol uchun, turizm, mehmonxona xo‘jaligi, restoran biznesi, uy-joy qurish hamda ta’mirlash va boshqa sohalarni rivojlantirish uchun beqiyos imkoniyatlar bor” deb ta’kidlab o‘tganlar. Darhaqiqat, ushbu imkoniyatlardan samarali foydalanish mustaqil mamlakatimizning iqtisodiyotini mustahkamlash bilan bir qatorda uning jahon hamjamiyatidagi o‘rnini oshiradi. G‘arb davlatlarida restoranlar xo‘jaliklarini boshqarish bo‘yicha ko‘p yillik tajriba yig‘ilgan. Restoran sanoati korxonalari faoliyatida xorij tajribasini o‘rganish, shubhasiz, mehmonlarga xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilashda katta rol o‘ynaydi. Ammo O‘zbekistondagi turizm sohasining o‘ziga xos sharoitlarda faoliyat ko‘rsatayotganligini e’tiborga olish lozim.

Bugungi kunda bizga jahon talablariga javob beruvchi turizm industriyasini rivojlantirishning milliy modelini yaratish, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va unda mehmonxona va restoran biznesini rolini oshirish bo‘yicha takliflar kiritilgan izlanishlar kerak.

Mehmonxona xizmatlari sifatiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni ko‘rib chiqish xizmat ko‘rsatish darajasi va mehmonxona xizmatlarini ishlab chiqish samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan. Bozor munosabatlarining rivojlanishi yangi vazifalarni yuzaga keltiradi, bu esa boshqaruvni takomillashtirish zaruriyatini tug‘diradi. Mehmonxonalar boshqaruvchilarining doimiy ravishda xizmat ko‘rsatish sifatini boshqarishni yaxshilash, xorijiy investitsiyalar kiritish va boshqalar muhim ahamiyatga ega.

Ko’plab mamlakatlarda kuzatilgan moliviy-iqtisodiy inqirozning ta’siri hamon sezilib turgan vaziyatda xo’jalik yuritishning chegaralangan istiqbollari joriy muammolarni hal etishga qaratilgan bo’lib, turistik tizimning umumiy strategiyasi bilan sust aloqalari sharoitlarida mamlakatning investitsion jozibadorlikni oshirishning an’anaviy konstepstiyalari yetarli darajada samarali emasdir. Shu sharoitlarda turistik tashkilotlarning faoliyati global maqsadlarga mo’ljal olishni, istiqbolli turistik mahsulotni, strategik imkoniyatlarni va uzoq muddatli raqobatbardosh afzalliklarini birinchi o’ringa qo’yadigan strategik yondashuvdan kelib chiqish lozim. Ushbu yondashuv turizm industriyasining dinamik o’zgarishlarini anglash, ularni bashorat qilish, turistik tashkilotlarning istiqbolli maqsadlarni va ularga erishishning asosiy yo’llarini tanlash uchun turli bozoriy vaziyatlarni modellashtirishdan foydalanish uchun imkon beradigan investitsion faollikni oshirish konstepstiyasida yorqin namoyon bo’lmoqda.

Xizmat ko’rsatish sohasining yanada rivojlanishi va turizm sanoatining barqaror o’sish sur’atlarini, turistik tashkilotlarning barqaror rivojlanishi ta’minlash investitsion faollikni va uning samaradorligini oshirish lozim.

Mavzuning dolzarbligi. Mamlakatimizda turizm sohasini yanada rivojlantirish bo’yicha ko’plab imkoniyatlar mavjud. Yurtimizda turizm industriyasini rivojlantirish borasida keyingi yillarda bir qator ishlar amalga oshirildi va oshirilib kelinmoqda. Avvalo shuni yodda tutish lozimki, turizmni rivojlantirishdagi ilk qadamlardan biri – bu turizm industriyasini zamon talablariga mos bo’lishini ta’minlashdir. Zamonaviy turizm industriyasini shakllantirish uchun esa nafaqat ichki mablag’lar, xorijiy investitsiyalarning ham o’rni kata. Shuning uchun turistik korxonalar investitsion faolligini oshirish mexanizmini yanada chuqur o’rganish, uning mohiyatini qayta tushinish lozim bo’ladi.  

Bitiruv malakaviy ishining maqsadi:

Turizm industriyasida xorijiy investitsiyalar tushunchasining mohiyatini yoritish hamda turistik tashkilotlarning investitsion faolligini oshirish bo’yicha nazariy va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

Bitiruv malakaviy ishining vazifalari:

- Mamlakatimiz turizm industriyasi holati va investitsion faolligini tahlil qilish;

- Turizmni rivojlantirishda investitsyalarning ahamiyatini aniqlash;

- Xorijiy investitsiyalar turlari va shakllarini ko’rib chiqish;

- Samarqand shahrida investitsion jarayonlarning rivojlanish holatini tahlil qilish;

- Investitsiya muhitini yaxshilash va shu orqali turizm industriyasini rivojlantirish bo’yicha tavsiya va takliflar ishlab chiqish.

Bitiruv malakaviy ishining ob’ekti – Samarqand shahrida joylashgan turistik korxonalar bo’lib hisoblanadi.

Bitiruv malakaviy ishining predmeti – turizm industriyasi tarkibidagi korxonalarning investitsion siyosati bilan bog’liq iqtisodiy munosabatlari majmuidan iborat.

Bitiruv malakaviy ishining qisqacha tavsifi. Bitiruv malakaviy ishining tarkibi kirish, uchta bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat bo’lib, 74 bet, 5 ta jadval, 4 ta rasm va ilovalardan tashkil topgan.

 

I BOB. TURIZM INDUSTRIYASIDA XORIJIY INVESTITSIYALAR HAJMINI KO‘PAYTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI.

 

    1. Turizm industriyasi tushunchasi.

 

Turizm industriyasi – sayohat qiluvchi shaxslar uchun tovarlar va xizmatlarga qaratilgan o‘xshash ishlab chiqarish va noishlab chiqarish faoliyatlar turlaridir.

O’zbekiston Respublikasining “Turizm to’g’risida”gi Qonunida turistik industriya tushunchasi quyidagi tarzda ta’riflanadi: Turistik industriya — turistik faoliyatning turistlarga xizmat ko‘rsatishni ta’minlovchi turli sub’ektlari (mehmonxonalar, turistik komplekslar, kempinglar, motellar, pansionatlar, umumiy ovqatlanish, transport korxonalari, madaniyat, sport muassasalari va boshqalar) majmui1.

Turizm industriya tushunchasi o‘z mohiyatini oydinlashtirish va turistik sektor tarkibini belgilashda turli xil qiyinchiliklarga duch kelingan. Ular turizm industriyasining iqtisodiyotni boshqa sohalari bilan o‘zaro mustahkam bog‘liqligidan paydo bo‘lgandi. Turistik talablar majmuasi va ko‘p qirrali ehtiyojlarini qondirishda sanoat va qishloq xo‘jaligi, qurilish va savdo tarmoqlari ishtirok etdi. AQSH savdo vazirligining ma’lumotlari bo‘yicha, tashrif buyuruvchilarga xizmat ko‘rsatish sohasiga mamlakat iqtisodiyotining 24 tarmog‘i jalb etilgan. Shu munosabat bilan turistik sektorga aniq chegara qo‘yish va tarmoqlardan ajratib tashlash g‘oyat mushkul ishdir.

Turistizm industriyasi – bu o‘xshash mehmonxonalar va boshqa joylashtirish vositalari, transport tarmoqlari, ko‘ngil ochar ob’ektlar, ishbilarmonlik, sog‘lomlashtirish, sport va boshqalarga mo‘ljallangan tashkilotlar, shuningdek ekskursion xizmatlar va gid – tarjimonlar xizmati ko‘rsatish majmuasidir.

Turistik talabni to‘liq va har tomonlama qondirish turizm industriyasi barcha ob’ekt va tashkilotlari, hamma xildagi vositlarni, ishlarni muvofiqlashtirilishini taqozo etadi.

Transport sektori. Turizm industriyasi doirasida mijozlarga xizmat ko‘rsatishda turli ko‘rinishdagi korxonalar roli bir xil emas. Tashish sayohatning o‘ziga xos harakterli hususiyatlaridan bo‘lib, unda transport eng muhim katta ahamiyatga ega.

Tashish tizimi turistlarni piyoda bir joydan boshqa bir ikkinchi joyga o‘tkazishni istisno qilganda, texnik taraqqiyot darajasi bilan belgilanadi:

  • fillar, tuyalar, otlar, eshaklar, itlar kabi hayvonlardan;
  • yer  usti mexanik  harakat  vositalaridan  (velosiped, avtomobil, avtobus, temir yo‘ldan);
  • havoda harakatlanish vositalaridan (havo transportidan);
  • suv transportidan - qayiq, sollar, daryo va dengiz suv usti va osti kemalaridan foydalanish asosida turg‘un ravishda shakllanadi.

Turistlarni bir joydan boshqa joyga olib boruvchilar ish bosqichlariga, ularning turistlik mahsulot tarkibidagi o‘rniga muvofiq ravishda asosiy va yordamchi tashuvchilarga bo‘linadi.

Ish bosqichlariga ko‘ra ularni quyidagilarga bo‘lish mumkin:

  • transfer, ko‘p  hollarda avtobus, turistlarni  jo‘natish, joyidagi asosiy tashuvchiga yetkazib berish, turistlarni aeroport terminalidan, vokzaldan mehmonxonaga eltish hamda xuddi shu operatsiyalarni turistlar  vatanlariga qaytayotganlarida bajarish;
  • turistlarni borishlari kerak bo‘lgan uzoq masofalarga eltish;
  • avtobus va temir yo‘l turlarida marshrut bo‘yicha olib yurish, bunda tashish bosqichi aslida turning zaruriy va asosiy elementi bo‘ladi, tashish vositalari esa, ko‘pincha tunash joylariga aylanadi, bunga dengiz sayohatiga doir marshrutlarni ham kiritish mumkin;
  • ekskursion marshrutlardagi tashish, masalan, shahar bo‘yicha, tematik bog‘lardagi va boshqa tashishlar;
  • shopping turlar uchun yuk tashish.

Sayohat industriyasi taraqqiyotini tezlashishiga havo transportida uning liberlashtirish bilan bog‘liq tub o‘zgarishlar yangicha turtki berdi. Rivojlangan mamlakatlarda aviatashish bozori uzoq vaqt milliy avia kompaniyalar tomonidan monopollashtirib olingandi. Jumladan, Buyuk Britaniyada “British Airways”, Fransiyada “Air France”, Sobiq SSSRda “Aeroflot” va boshqalar. Ular bozorni va xalqaro tashishdan tushadigan daromadlarni taqsimlab olish uchun o‘zaro bitim tuzishgandi.

Shunday bitimlar masalan, “British Airways” va “Air France” o‘rtasida tuzilgan bo‘lib, eng gavjum Yevropa marshruti – London –Parij, Parij-London yo‘nalishiga xizmat ko‘rsatgan. Yo‘nalishdan olingan daromad aviakompaniyalar o‘rtasida bo‘lib olingan.

Natijada narx masalalari, turistik talablar aviakompaniyalar uchun ikkinchi darajali bo‘lib qolgan, aviabozor taraqqiyoti rejalari, strategik marketinga zarurati chetga surib qo‘yiladi.

Ichki yo‘nalishlarda havo aloqasi davlat tomonidan tartibga solingan.

AQSH g‘arbda havo transportini davlat tomonidan tartibga solinishidan voz kechgan birinchi mamlakat bo‘ldi. Avia tashishlarni liberallashtirish turizmga to‘g‘ridan –to‘g‘ri ta’sir etdi. Birinchidan, havo marshrutlariga xizmat ko‘rsatishda cheklovlar olib tashlandi. Yuqori sof daromad aviatashish sohasini yanada jozibador qilib yubordi. Juda ko‘p aviakompaniyalarda parvozlarni qayta muvofiqlashtirish jarayonlari boshlandi. Ular o‘rtasida raqobat kurashining o‘tkir tus olishi aviatransport korxonalarini turizmga bo‘lgan munosabati strategiyasini o‘zgartirishga majbur etdi. Endilikda bu turistik xizmatlarni bozorga chiqarishda istiqbolli yo‘l hisoblanmoqda.

Ikkinchidan, muntazam avia yo‘nalishlarda aviatariflarga katta chegirmalar kiritiladi. Bundan foydalangan turistik firmalar samolyotlarga biletlarni raqobatli narxlarda sotish va aviakompaniyaning mijozlarini ko‘paytirish imkoniga ega bo‘ladi.

Narxlarning kamayishidagi yo‘lovchi-kilometr hisob-kitoblarida harajatlarni kamaytirish evaziga erishildi. Bu o‘z navbatida aviayo‘nalishlarning yuklanishi bilan bog‘liq edi. Ilgari biletlarga narx o‘rinlarni 60 % gacha band bo‘lishiga qarab belgilanadi. Bo‘sh qolgan 40 % o‘rin zarari yo‘lovchilar undirilishi uchun aviatariflarga qo‘shilardi. Bugun aviakompaniya yuklanish normasini 70-80 % dan yuqori bo‘lishiga harakat qilmoqda. Bu bilan narxni kamaytirish, ma’muriy harajatlarni tejash ko‘zda tutilmoqda.

Qulayliklarga ega Markaziy – radial marshrutlar sxemasi vaqt o‘tishi bilan ko‘zda tutilmagan oqibatlarga ham olib keldi. U Amerika aviatashishlar bozorini kelgusida monopollashtirishda foydalanishdi. Ularning har biri o‘zining tranzit transport tuguniga ega. Ularga boshqa aviatashuvchilarning kirishi juda cheklangan va undan bozorga chiqishda to‘siq va raqobatchi o‘rnini zaiflashtirish uchun foydalaniladi. AQShda tartibga solish siyosati o‘zgargandan boshlab o‘tgan besh yil ichida “Pan American” va “Istern” kabi aviakompaniyalar bozordan siqib chiqarildi. Vaholanki ular bozorning katta segmentini nazoratda ushlab turishgandi. Moliviy qiyinchiliklarni boshidan kechirayotgan kompaniyalar bankrotligi to‘g‘risidagi qonunga muvofiq ular endi o‘z terminallari va samolyotlarini sotishga majbur edi. Ularni “Ameriken Air-lines”, “Unayted airlines” va “Delta airlines” kompaniyalari sotib oldilar. Bu uch kompaniya bugungi kunda AQSH ichki bozorining 60 % ni nazorat qilib turishibdi, ilgari bu ulush 30 % dan oshmasdi.

Transportda qayta qurish bilan bir qatorda, mehmonxona xo‘jaliklarida ham turizm taraqqiyotining zamonaviy talablariga javob beradigan amalga oshiruvchi apparat shakllana boshladi. Mayda turistik firmalar asosiy transport kompaniyalari taklif qilayotgan katta hajmdagi operatsiyalarni uddalay olmasdi. Ularning o‘rniga yirik ulgurji firmalar-o‘z hususiy turistik marshrutlarini ishlab chiquvchi va ularni turagentlar tarmog‘i orqali amalga oshiruvchi turoperatorlar keldilar.

Joylashtirish sektori. BTT muntazam yoki vaqti-vaqti bilan turistlarga tunash uchun taqdim etiladigan har qanday ob’ektni joylashtirish vositasi sifatida belgilaydi. Xalqaro standartlar klassifikatsiyasi bo‘yicha barcha joylashtirish vositalari ikki toifa (kategoriya)ga – jamoaviy (kollektiv) va individualga bo‘linadi.

 

 

 

1-jadval.

Turistlarni joylashtirish vositalari.

 

Turistlarni joylashtirishning jamoaviy (kollektiv) vositasi. Bunga mehmonxonalar va ularga o‘xshash muassasalar, maxsus ixtisoslashgan muassasalar va boshqa jamoaviy (kollektiv) joylashtirish vositalari kiradi. Ularning har birida o‘rinlar soni belgilangan minimumidan ziyod bo‘lishi, joylashtirish ob’ekti yagona rahbarlikka ega bo‘lgan, boshqarish esa tijoriy asosga qurilgan bo‘lishi lozim.

Mehmonxonalar. Turistlarni joylashtirishda klassik tipdagi bosh korxonadir. Uning asosiy belgilaridan biri nomerlar mavjudligidadir. Mehmonxonalar barcha zaruriy xizmatlar turlarini taqdim etadi. Har kuni to‘shakni tartibga keltirish, xona (nomer) va sanitariya uzellarini yig‘ishtirish, shuningdek, qo‘shimcha va yo‘l-yo‘lakay talab qilinadigan xizmatlarni bajarish. Mehmonxonalarning turli klassifikatsiyalari mavjud. Mehmonxona xo‘jaligi nazariyasi va amaliyotida xizmatlar turlari va maishiy qulayligidan kelib chiqilib otellarni guruhlarga bo‘lish keng tarqalgan. Bu klassifikatsiya xizmat ko‘rsatish standartiga qarab qabul qilingan otel kattegoriyasiga muvofiq belgilanadi. Attestatsiya natiajalari bo‘yicha har bir mehmonxonaga razryad beriladi. Bu uning binosi sifat va son hususiyatlariga, nomer fondiga, infrastrukturasi, turmush ta’minoti, shuningdek shinamlik darajasi, asosiy assortimentlari, qo‘shimcha va yo‘l-yo‘lakay xizmatlari, xodimlar malakasi, servis madaniyatiga bog‘liqdir. Razryadga ega bo‘lish otel narxnomalari va mijozlar tarkibining nufuzida aks etadi. U sayohat qiluvchi shaxsga turistik bozor takliflarida erkin munosabatda bo‘lishga ko‘maklashadi. Mehmonxonaning sifati, xizmat ko‘rsatish bilan narxini tenglashtirib ko‘rish, tunash uchun qulay joy tanlashga imkon beradi. Boshqaruv organlari otel klassidan davlat investitsiyalari va soliq miqdorining taqsimlanish mezoni sifatida foydalaniladi. Mehmonxona biznesi sohasida narx siyosatini ishlab chiqishda uni hisobga oladi.

    2-jadval.

Joylashtirish vositalari turlari.

Mehmonxonalarning xili

Tavsifi

Otel-lyuks

O‘z sig‘imi bo‘yicha mehmonxonani mazkur tipi kichik yoki o‘rta korxonalar safiga kiradi. Odatda shahar markazida joylashadi. Yaxshigina ta’lim olgan personal-xodim konferensiya, xizmat uchrashuvlari ishtirokchilari biznesmenlar bo‘lib hisoblangan talabchan mijozlarga servisni juda yuqori darajasini ta’minlaydi. Barcha mumkin bo‘lgan xizmat turlarini o‘z ichiga oluvchi nomerlarni narxlari ancha qimmat turadi.

O‘rta (klass) bo‘g‘inli mehmonxona

O‘z sig‘imi bo‘yicha oteldan katta (400-200 o‘rinli) shahar markazida yoki shahar atrofida joylashgan. Yetarli darajada keng xizmatlar turini taqdim etadi, ulardagi narxlar u joylashgan mintaqa darajasiga teng yoki undan bir muncha yuqoriroq bo‘lishi mumkin. Biznesmenlar, xususiy turistlar, kongress, konferensiya ishtirokchilarni va hakozolarni qabul qilishi mumkin.

Mehmonxona-apartament (apart-otel)

Sig‘imi bo‘yicha kichik yoki o‘rta o‘lchamlig (400 o‘ringacha) yirik shaharning doimiy bo‘lmagan aholisi uchun xosdir. Vaqtinchalik tura rjoy sifatida ko‘p yillarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatishdan foydalaniladigan kvartira (ijara) tipidn tashkil topadi. Mehmonxonani mazkur tipida narxlar qoidaga ko‘ra joylashuv muddatiga bog‘liq ravishda (turlanib) turadi. Uzoq muddatga to‘xtab o‘tuvchi oilaviy turistlar, biznesmenlar va ijarachilarga xizmat ko‘rsatadi.

Iqtisodiy bo‘g‘in (klass) mehmonxonasi

Kichik yoki o‘rta sig‘imli korxonalar (150 o‘rinli va undan ortiq) magistral yo‘l yoqalarida joylashadi. Xizmatlar to‘plamini cheklanganligi, oddiy va tez xizmat ko‘rsatish bilan ajralib turadi. Iste’molchilari – ko‘rsatilgan (iste’mol qilingan) xizmatlar uchun haqiqiy to‘lovni amalga oshirishga intiluvchi va to‘liq pansionga muhtoj bo‘lmagan biznesmenlar, xususiy turistlar uchun mo‘ljallangan. 

Otel-kurort

O‘z sig‘imi bo‘yicha mehmondorchilikni to‘liq xizmatlar to‘plamini taklif etish bilan ajralib turadigan korxona. Bundan tashqari, bu yerda parhez ozuqalar va mahsus tibbiy xizmat ko‘rsatish kompleksini olish mumkin. Kurort mintaqalarida joylashadi.

Motel

Shahar tashqarisida, shahar bo‘yida, magistral yo‘l yoqalarida joylashgan oddiy bir yoki ikki qavatli binolar. Bu kichik yoki o‘rta korxonalardir (400 o‘ringacha). Kam sonli xodimlarni o‘rta darajali xizmat ko‘rsatishi harakterlidir. Mijozlari bo‘lib tanishuv avtoturizmiga urg‘u berilgan turli kategoriyadagi turistlar hisoblanadi.

«Tunash va nonushta» xilidagi xususiy mehmonxona

AQShda keng tarqalgan. Bu mehmonxona kichik (ba’zida o‘rta) sig‘imli. Shahar atrofida yoki qishloq joylarda joylashgan. Xizmat ko‘rsatishga, qoidaga ko‘ra, nonushta va uy sharoitidagi  yengil tamaddi kiradi. Mijozlari bo‘lib uy sharoitiga intiladigan tijoratchilar va yo‘nalishdagi turistlar hisoblanadi.

Otel-garni

Mijozlarga cheklangan miqdordagi xizmatlarni: joylashuv va kontinental nonushtani taqdim etuvchi korxonalar.

Pansion

Xizmatlar darjasini cheklanganligi va oddiy standartli korxonalardir. Otel-garnilardan farqli ravishda bu yerda nonushta, tushlik va kechki ovqat (to‘liq pansion) taqdim etiladi. Biroq ovqatlanish xizmati faqat mijozlargagina ko‘rsatiladi.

Mehmonxona-hovli

Otellardan sig‘imi, xizmat ko‘rsatishi, soda standartligi bilan ajralib turuvchi korxona, uchrashuvlar va mehmonlar tashrifi uchun qator jamoa xonalarini mavjud emasligi bilan ajralib turadi. Mehmonxona-hovli tarkibi (strukturasi)da restoran yoki barni mavjud bo‘lishi majburiydir.

Rotel

Tunash uchun mo‘ljallangan kreslolar joylashtirilgan bir yoki ikki o‘rinli vagonlardan tashkil topuvchi harakatlanadigan mehmonxonadir. Xojatxona, oshxona, muzlatgich va kiyinish uchun mo‘ljallangan xonalar mavjud.

Botel

Mos ravishdagi jihozlangan kichik kema sifatida foydalanuvchi suvdagi uncha kata bo‘lmagan mehmonxona.

Flotel

Ko‘p hollarda «suvdagi kurort» deb nomlanuvchi katta mehmonxona. Turistlarga keng turdagi xizmatlarni taqdim etuvchi shinam nomerlar: basseyn, suv chang‘ilari, baliq ovlash uchun sharoit yaratadigan, suv ostida suzish, suv osti ovi, trenajer zallari, konferensiya va kongresslar uchun zallar, kutubxona, turli-tuman ta’minotlar (telefon, telefaks, teletayn, televizor, va x.k). So‘nggi vaqtlarda turlarga o‘qituvchi kongress-kruizlar, kongress-turlar, biznes-turlarni tashkil etish uchun foydalaniladi.

Flaytel

Agromehmonxona yoki «uchuvchi otel». Favqulodda qimmat va mehmonxonani kamyob turi hisoblanadi. Qo‘nish maydonchasi va meteorologik xizmat aloqalari bilan jihozlangan.

Информация о работе Turizm tashkilotlarida xorijiy investitsiyalar miqdorini oshirish usullari va yo’llari